UZ

Samarqand bilan tanishing

Bosh sahifa Majmua Samarqand bilan tanishing

Samarqand – dunyoning eng ko‘hna shaharlaridan biridir: uning tarixi 2750 yilga teng deb hisoblanadi Samarqand bir nechta davlatlar poytaxti, iqtisodiy va madaniy markaz, shuningdek Xitoydan Yevropagacha davom etgan Buyuk ipak yo‘lining markaziy nuqtasi bo‘lishga ulgurgan. Sayyohlar Samarqand va Oʻzbekistondagi boshqa shaharlarning qaysi diqqatga sazovor joylari haqida albatta bilishlar kerak?

Registon maydoni

"Registon" deya Yaqin sharqda markaziy maydonlar atalgan. Bu so‘z ikkita ildizdan iborat: "reg" - tuproq va "iston" - joy. Lekin markaziy maydonga tuproq qayerdan keldi? Tahminlardan biri shundayki, omma oldidagi qatl marosimidan keyin ularga tosh sepilgan. Boshqa bir tinchlikka asoslangan tahminga ko‘ra, bu joydan suv yetkazib beruvchi magistral kanal o‘tgan.

Samarqand maydoni islom me’morchiligining dunyodagi eng go‘zal namunalaridan biri hisoblangan o‘zining noyob ansambli bilan mashhur. Majmua markazida oʻziga xos uslubda barpo etilgan uchta madrasa, yaʼni islomiy oliy taʼlim dargohi joy olgan. Ular sharq me’morchiligining ajoyib yodgorliklaridir. Bu arxitekturaviy ansambl YUNESKO umumjahon yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

XV asrda Uulgʻbek maydonni shakllantirishni boshlaydi. Registon maydonida qad rostlagan birinchi bino bu Ulugʻbek madrasasi edi. XVII asrda Yalangtoʻsh Bahodirning tashabbusi ostida keyinchalik nomi Sherdorga (tarjimasi: “sher bilan bezatilgan”) oʻzgargan katta Yalangtoʻsh madrasasining qurilishi boshlanadi. Mazkur bino 17 yil davomida quriladi. Ushbu madrasa Ulugʻbek madrasasiga teng holatda, uning peshtoqini akslantirgan holda barpo etilgan.

Tillakori madrasasi Yalangtoʻsh Bahodir keksayganda qurilgan boʻlib, u butun majmuani yaxlit holatga keltiradi. Bu vaqtga kelib Samarqandda ikkala jome masjid ham yaroqsiz holga kelgan boʻlib, meʼmorlarga bitta madrasa binosida yana jome masjidni ham uygʻunlashtirish vazifasi yuklanadi.

Bundan tashqari, Registonda Registon maydonining oʻrta asrlardagi Samarqandning savdo markazi maqomini tasdiqlovchi Chorsuning qadimiy savdo gumbazini koʻrish mumkin. 1989-yilda SSSRda Registonga bag‘ishlangan 5 rubllik esdalik tangasi zarb qilingan.

Go‘ri Amir maqbarasi

Goʻri Amir maqbarasida buyuk hukmdor va istilochi Amir Temur va uning avlodlari dafn etilgan. Maqbara1403-yilda Amir Temurning buyrugʻi bilan uning Kichik Osiyoga qilgan yurishlari paytida vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton sharafiga qurila boshlagan. 1404-yilda Amir Temur Xitoyga yurish boshlaydi. Ammo 1045-yilning fevral oyida u zotiljamdan vafot etadi. Shoshilinch ravishda uning jasadi Samarqand shahriga olib kelinadi va maqbarada dafn etiladi. Oʻshandan beri bu maqbarini Goʻri Amir (“Hukmdor qabri“) deb nomlanadi. Go‘ri Amir o‘zining tashqi ko‘rinishi dabdabasi va ulug‘vorligi bilan hayratga soladi. Ayrim tadqiqotchilar Hindistondagi afsonaviy Toj Mahalning yaratuvchilari ushbu maqbaraning me’morchilik uslubidan ilhomlanganiga aminlar. Maqbaraning ichki qismida shaxsan Amir Temurning oʻzi tanlab olgan ustalar mehnat qilishgan.

Go‘r-Amir maqbarasi mavjud bo‘lgan davrda ko‘plab afsonalar mavjud bo‘lgan. Masalan, Temur qabristonining ustidagi nefrit plitasi bu yerga harom o‘ylar bilan kelganlarning boshiga baxtsizlik keltirishi mumkin, deb hisoblanadi. Buyuk sarkardaning qabri har yili unga qiziquvchilar, shuningdek, sharq me’morchiligiga qiziqqan barchani o‘ziga jalb qiladi.

Ulug‘bek rasadxonasi

Oʻrta asrlardagi eng muhim rasadxonalardan biri Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek tomonidan Samarqand atrofidagi Kuhak tepaligida 1424—28-yillarda qurilgan. Rasadxonaning aylana devori, shuningdek qoya ichiga 10 metr chuqurlikkacha kirgan ulkan bosh asbobning qoldiqlari 1908-yilda arxeolog V.L. Vyatkin tomonidan topilib tadqiq etilgan.

Tarixchilarga ma’lumki, Ulug‘bek astranomiyaga qiziqqan. Rasadxonaning qurilishi uning orzularidan biri edi. Rasadxonaning ilmiy dasturi kamida 30 yilga mo‘ljallangan edi (Saturnning aylanish davri).

Ulugʻbek rasadxonasida Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid va Ali Qushchi kabi mashhur astronomlar faoliyat yuritishgan. Aynan shu yerda 1437-yili “Ulugʻbekning yulduz jadvali” nomi bilan tanilgan “Ziji jadidi Koʻragoniy” tuziladi. Mazkur asarda 1018 ta yulduz, 650 ta shahar hamda yulduzli osmon koordinatalari tasvirlangan. Aynan mazkur asarda yilning davomiyligi juda aniq holatda, yaʼni 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa va 8 soniya deb taʼriflangan. Zamonaviy maʼlumotlar boʻyicha bir yil 365 kun, 6 soat, 9 daqiqa va 9,6 soniyadan iborat. Shunday qilib Ulugʻbek yozgan asarda bu tafovut atigi 1 daqiqani tashkil etadi xolos.

Ulugʻbek vafotidan keyin rasadxona yana 20 yil ishlashda davom etadi. Qarovsiz qolgan rasadxona binosi yana uzoq vaqt qad rostlab turadi, faqatgina XVI boshlarida u butunlay vayron etiladi.

Afrosiyob shaharchasi

Hozirgi Samarqandning shimolida bepoyon shaharcha - moʻg'ullar davrigacha boʻlgan Samarqand yastanib yotadi. U Turon elining hukmdori, fors dostoni qahramoni Afrosiyob sharafiga nomlangan. Miloddan avvalgi VI asrdan moʻgʻullar uni 1220-yilda butunlay vayron qilguncha shahar aynan shu yerda joylashgan boʻlgan.

Koʻplab hukmdorlarning istilosini boshdan oʻtkazgan Samarqand uni yer yuzidan mavh etishga buyruq bergan Chingizxon bosqinidan keyin oʻnglanmadi. Moʻgʻullar bosqini aholida shu qadar yomon iz qoldiradiki, ular shahar adirlariga qaytib kelib yashashga jurʼat etolmaydilar. Yonib kul boʻlgan Samarqandga qaytgach, ular shaharning etagida makon tutishadi.

Shaharchaning maydoni 219 gektarga teng. Arxeologlar Afrosiyobda qariyb ikki yarim asrdan ortiq payt davomida shakllangan tarixiy davrlarning 11 ta madaniy qatlamini aniqlashgan. Shaharchada toshkoʻchalar yastanib, ular dahalar – Guzarga boʻlingan. U durkun mudofaa devorlari bilan oʻralib, ichida qalʼa - Shahriston, shu bilan birga ibodatxonalar, aholi uylari va hunarmandchilik ustaxonalari boʻlgan.

Afrosiyobdan topilgan arxeologik topilmalar 1970-yilda ochilgan va Samarqand shahrining asoslanishiga bagʻishlangan muzeyda saqlanadi. U shaharchaning sharqiy tarafida qurilgan.

1965-yilda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun jahon xalqalarining moddiy madaniyati tarixini oʻrganishga oid ulkan hodisa yuz beradi: Samarqanddagi Afrosiyob shaharchasida devoriy yozuvlar aks etgan saroy majmuasi kashf etiladi. U arab istilosigacha boʻlgan davrga, yaʼni eramizning VII asriga tegishli. Yarimxrom syujetli yozuvlar 11x11 metr kattalikdagi katta kvatrat zalning toʻrttala devorini bezab turgan.

Afrosiyob muzeyining markaziy zalida taqdim etilgan yozuvlar oʻz davri uchun noyob hisoblanadi. U muzeydan bir necha yuz metr gʻarbda joylashgan xonadondagi qabullar zalini ziynatlab turgan. Olimlar zodagonlarga tegishli yirik uyni topishadi. Katta ehtimol bilan bu VII asrning uchinchi choragida hukmronlik qilgan shohning saroyi yoki qarorgohi ham boʻlishi mumkin.

Shohi Zinda

Shohi Zinda – bu Samarqanddagi Qoraxoniylar va Temuriylar aʼyonlarining maqbaralaridan tashkil topgan majmua. U jami 11 ta maqbaradan iborat majmua boʻlib, ular ketma-ket tarzda XIV-XV asrlar davomida qurilgan. Inshootlar firuzarang yoki toʻq koʻk guldor koshinlar bilan bezatilgan.

Ansamblning markazida oʻzida bir necha binolarni jamlagan Qusam ibn Abbos majmuasi qad rostlagan boʻlib, unda ushbu tarixiy shaxsning koʻhna maqbarasi va masjid ham joy egallagan. Majmuaga 1404-1405-yillar sanasi oʻyib yozilgan eshik orqali kiriladi.

2001-yilda Shohi Zinda ansambli YUNESKO tashkilotining Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. 2004-2005-yillarda Oʻzbekiston hukumatining qarori bilan majmuada katta tiklanish ishlari oʻtkazilib, toʻsiq olib tashlanadi, hamda masjid, erta Oʻrta asrlarga (XI asr) tegishli madrasa va yanada qadimroq maqbaralar aniqlanadi.

1 / 4
Afrosiyob shaharchasi
Ulug‘bek rasadxonasi
Registon maydoni
Go‘ri Amir maqbarasi
Afrosiyob shaharchasi
Ulug‘bek rasadxonasi
Registon maydoni
Go‘ri Amir maqbarasi