Silk Road Samarkandda salomatlik va dam olish
Dam olishni sog’lomlashtirish va sharqona mehmondo‘stlik san’ati uyg‘unlashgan joyda band qiling.
Biz sizning dam olishingizni yanada foydaliroq qilish uchun majmuamizdagi istalgan mehmonxonada yashash narxiga bir dona bepul sog‘lomlashtiruvchi muolajani qo‘shdik.
Sizga faqat qulay dam olishingiz va energiya to‘plash uchun kerakli muolajani tanlash qoladi — va bularning barchasi esa xohishingizga havola:
- Barokamera (30 daqiqa): tanani qulay tarzda kislorod bilan boyitish. Kuchni tezroq tiklash, immunitetni mustahkamlash va umumiy holatni yaxshilashga yordam beradi.
-
Tuzli xona (40 daqiqa): himolay tuzi bilan qoplangan xonada dam olish. Nafas olish tizimini mustahkamlash, stressni kamaytirish va tanani barqarorligini oshirishga yordam beradi.
-
Pressoterapiya (30 daqiqa): maxsus havo massaji. Qon aylanishini yaxshilaydi, ortiqcha suyuqlikni chiqaradi va shishlarni kamaytirishga yordam beradi.
-
Mushaklarni stimulyatsiya qilish (30 daqiqa): ichki mushaklarni mustahkamlash, yallig‘lanish jarayonlari va pastki tana organlaridagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning oldini olish va davolashga yordam beradi.
-
Yuqori intensivlikdagi magnitoterapiya (20 daqiqa): magnit maydoni yordamida davolash. Yallig‘lanishni kamaytirishga va tayanch-harakat tizimidagi og‘riqlarni bartaraf etishga yordam beradi.
-
To‘qimalarni chuqur qizdirish (mikroto‘lqinli diatermiya, 20 daqiqa): mushaklarni yumshoq qizdirish orqali spazm va shishlarni kamaytirish hamda og‘riqni yengillashtirish.
Barcha muolajalar zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiyot markazida mutaxassislar nazorati ostida amalga oshiriladi.
Silk Road Samarkand — bu nafaqat yuqori darajadagi qulaylik va xizmat, balki sog‘lig‘ingizga bo‘lgan doimiy e’tibor hamdir.