Silk Road Waterland akvaparkiga xush kelibsiz! Bu suv atraksionlari Samarqandning Silk Road Samarkand turistik majmuasida joylashgan. Bu yerda har qanday did uchun 18 xil suv tepaliklari mavjud — bolalar uchun yengil suv yo‘laklaridan tortib, adrenalinni sevuvchilar uchun hayajonli atraksionlargacha. Ushbu suv atraksioni oila va do‘stlar uchun ideal joy bo‘lib, unutilmas dam olish va ko‘ngilochar kunni hadya qiladi!
O‘zgacha baliq ovlash joyini qidiryapsizmi? Silk Road Samarkand Turistik majmuamizda sizni suv bo‘yida osoyishta va xushmanzara bir maskan kutmoqda. Sohildagi qulay besedkalarni ijaraga olib, qo'lingizda qarmoq bilan dam olish uchun ajoyib joy yaratishingiz mumkin.
Hilton Samarkand Regency va Silk Road by Minyoun mehmonxonalarida "Nephrite" va "Mirage" hashamatli SPA-markazlari joylashgan. Bu yerda mehmonlarni dam olish muhiti, birinchi darajali xizmat va tanani hamda ruhni yoshartiradigan eksklyuziv muolajalar kutmoqda.
Bizning musiqali favvoramiz suv, yorugʻlik va musiqaning sehrli uygʻunligidan iborat ajoyib tomosha. Shou davomida siz anʼanaviy oʻzbek kuylarini hamda jahon musiqalarini tinglashingiz mumkin, bu esa unutilmas muhit yaratadi.
Silk Road Samarkand majmuasidagi betakror suv havzasi manzaralari dunyosiga xush kelibsiz.
Go’zal eshkak eshish kanali bo’ylab sayohat qilayotganingizda, siz lyuks mehmonxonalar, Kongress markazi, hayratlantiruvchi musiqali favvora va albatta, Boqiy Shaharning ta’riflab bo’lmas go’zalligining ajoyib manzaralaridan bahramand bo’lasiz.
Hurmatli sayyohlik majmuamiz mehmonlari, sizlarga mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, majmuamizdan shaharning tarixiy, diqqatga sazovor joylariga va qayta majmuamizga olib keluvchi transfer xizmati o'z faoliyatini boshladi.