UZ

Samarqand xalqaro aeroporti

Bosh sahifa Kurort Samarqand xalqaro aeroporti
Samarqand xalqaro aeroporti

Samarqand xalqaro aeroporti - ulkanligi bo‘yicha O‘zbekistondagi ikkinchi (Toshkentdan keyin) aeroport hisoblanadi. U yiliga 500 000 dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Aeroport shaharning shimoliy qismida, dengiz sathidan 680 metr balandlikda joylashgan.

Aeroport majmuasida xalqaro standartlarda ko‘rsatilgan barcha turdagi xizmatlar mavjud: VIP va CIP zallari, ona va bola xonasi, tez tibbiy yordam punkti, aviakassalar, pochta bo‘limi, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari, barlar, restoran, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, Duty Free do‘koni Aeroportdan Samarqand markazigacha bo‘lgan masofa 8 km bo‘lib, shaharning istalgan nuqtasiga ham taksi, ham shahar avtobuslarida borish mumkin.

2022 yilda soatiga 1200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega yangi terminal foydalanishga topshirildi (avvalgi 400 ta yo‘lovchi o‘rniga). Yangi aerovokzal o‘zida “ochiq kitob”ni aks ettiradi. Binoning tomida yulduz turkumlari tasvirlangan bo‘lib, loyihachilar rejasiga ko‘ra, u buyuk astronom Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan va insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini eslatadi.