Silk Road Samarkand kompleksi hududida umumiy maydoni 18 000 m2 dan ortiq bo‘lgan ulkan kongress markazi joylashgan. Bu sharqona uslubdagi uch qavatli bino bo‘lib, katta panoramali derazalarga ega. Zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yuqori texnologiyali konferensiya zali kongress, konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, taqdimot, shou va banketlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Mehmonlarni keng maydonlar, zamonaviy dizayn va tajribali banket hodimlari xizmati kutmoqda. Yaqin hududlarda Samarqanddagi eng yaxshi mehmonxonalar – Hilton Samarkand Regency va Silk Road by Minyoun joylashgan bo‘lib, bu kongress markazida xalqaro tadbirlarni o‘tkazish imkonini beradi.
Expo markazi tashrif buyuruvchilarga turli sohalardagi ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi. 10 000 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan keng hudud zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan bo‘lib, konferensiyalar, seminarlar va har qanday hajmdagi katta ko‘rgazmalarni o‘tkazish uchun ideal joy hisoblanadi.