Silk Road Samarkand majmuasi hududida umumiy funksional maydoni 18 ming kvadrat metrni tashkil etuvchi keng Kongress markazi joylashgan. Bino katta panoramali derazalarga ega bo‘lib, nafis sharqona uslubda bunyod etilgan. Zamonaviy uskunalar va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu maskan kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar, shou dasturlari va banketlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Mehmonlarni keng va shinam maydonlar, zamonaviy dizayn hamda tajribali mutaxassislarning yuqori darajadagi xizmati kutmoqda. Kongress markazi yaqinida Samarqandning nufuzli mehmonxonalari — Hilton Samarkand Regency va Silk Road by Minyoun joylashgan. Bu esa markazda xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlarni o‘tkazish uchun barcha qulayliklarni yaratadi.
Kongress markazida 13 ta konferensiya zali va muzokaralar xonasi mavjud. Ularning har biri Buyuk Ipak yo‘li davrida alohida qadrlangan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar nomi bilan atalgan. Zallarga tutash maydonlarda kofe-breyklar, furshetlar va norasmiy uchrashuvlarni tashkil etish imkoniyati mavjud.


