Silk Road Waterland akvaparkiga xush kelibsiz! Bu suv atraksionlari Samarqandning Silk Road Samarkand turistik majmuasida joylashgan. Bu yerda har qanday did uchun 18 xil suv tepaliklari mavjud — bolalar uchun yengil suv yo‘laklaridan tortib, adrenalinni sevuvchilar uchun hayajonli atraksionlargacha. Ushbu suv atraksioni oila va do‘stlar uchun ideal joy bo‘lib, unutilmas dam olish va ko‘ngilochar kunni hadya qiladi!
Bir joyda dam olish va ko‘ngil yozish
Bizning akvapark nafaqat suv sarguzashtlarini, balki adrinalindan kiyin dam olish uchun qulay joylarni ham taklif etadi. Atrofda to‘liq dam olish va qulaylik muhiti sizni kutmoqda!
Restoranda mazali tanaffuslar
Suvdagi zavqli daqiqalardan kiyin, restoranimizga tashrif buyuring. Har qanday tamga mos mazali taomlar va chanqoqbosti ichimliklar sizning dam olish kuningizni yanada quvonchga to‘ldiradi va kuchingizni tiklashga yordam beradi.
Silk Road Samarqand mehmonlari uchun kirish bepul
Silk Road Samarqand turistik majmuasi mehmonlari uchun akvaparkka kirish bepul! Hech qanday ortiqcha tashvishlarsiz, cheksiz dam olishdan bahramand bo‘ling.
Silk Road Waterlandga tashrif buyuring — bu yerda har kim Samarqand quyoshi ostida o‘z baxtini topadi!