Dasturda sizga shaxsiy kurator hamrohlik qiladi, u sizning majmuada qolishingizni iloji boricha qulaylashtirish uchun hamma shart-sharoitni yaratadi.
Bundan tashqari, sizga tashxis qo'yish va individual salomatlik kartasini shakllantirish uchun bir qator shifokorlar maslahat berishadi.
Dastur narxiga quyidagilar kiradi:
- Individual tibbiy ko’rik;
- Shifokorlar maslahati;
- Shaxsiy sog'lomlashtirish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- To'g'ri ovqatlanish asoslari;
- Shaxsiy shifokor-kurator tomonidan har kunlik maslahat;
- "Salomatlik pasportini" tuzish.