UZ

Sog’lomlashtirish markazi

1 / 5

Antistress dasturi

Dastur tananing umumiy holati va uning bioritmlarini mustahkamlashtirishga qaratilgan.
Dasturning maqsadi asabiy va hissiy stressni yengillashtirish, stress sabablarini hujayra darajasida bartaraf etish, stressga chidamlilikni tiklash va farovonlikni yaxshilashdir. Agar sizda holsizlik bo’lsa, tez charchasangiz - ushbu dastur aynan siz uchun.

Tajribali mutaxassislar siz uchun quyidagilardan iborat individual muolajalar to'plamini tanlaydilar: fizioterapiya, postizometrik relaks usuli bilan massaj, individual ovqatlanish, jismoniy terapiya o’qituvchisi nazorati ostidagi individual jismoniy mashqlar. "Antistress" dasturida sizga shaxsiy kurator hamroh bo'ladi, u majmuada qolish imkon qadar qulay bo'lishi uchun hamma sharoitni yaratib beradi.

Dastur narxiga quyidagilar kiradi:

  • Individual tibbiy ko’rik;
  • Shaxsiy sog'lomlashtirish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • To'g'ri ovqatlanish asoslari;
  • Shaxsiy kurator shifokordan kunlik maslahat;
  • Davolovchi shifokorning yakuniy maslahati;
  • "Salomatlik pasporti”.

Dastur tarkibi 5 kun 7 kun 10 kun
Kurator shifokorining dastlabki maslahati - 20 daqiqa 1 1 1
Shifokor-kurator bilan qayta maslahatlashish - 20 daqiqa 1 1 2
"Salomatlik pasportini" tuzish va shifokor-kuratorning yakuniy maslahati - 20 daqiqa 1 1 1
Tahlil to'plami: Umumiy qon tekshiruvi + EChT, TTG, T4 erkin, T3 erkin, lipidogramma, koagulogramma, Umumiy siydik tahlili - 10 daqiqa 1 1 1
Magnitoterapiya: mushak korsetining stress terapiyasi uchun - 20 daqiqa 2 3 4
Normobarik oksigenatsiya (Barokamera) - 60 daqiqa 2 3 4
"Kristina" kosmetikasidan foydalangan holda shifokor - kosmetolog maslahati - 30 daqiqa 1 1 1
Pressoterapiya: oyoq charchoqlarini yo'qotish uchun -
20 daqiqa
2 3 4
Jismoniy mashqlar terapiyasining individual mashg’ulotlari (tananing postizometrik relaksi uchun) - 30 daqiqa 2 3 4
Umumiy massaj - 60 daqiqa 2 3 4
Qorin bo'shlig'i organlari va buyraklarning ultratovush tekshiruvi - 20 daqiqa 1 1 1
Narxlar O'zbekiston so'm valyutasida ko'rsatilgan va QQSni o'z ichiga oladi. Majmua oldindan ogohlantirmasdan narxlar va dasturlar tarkibini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. 3 340 000 4 330 000 5 350 000

More programs

Antistress dasturi

Dastur tananing umumiy holati va uning bioritmlarini mustahkamlashtirishga qaratilgan.
Dasturning maqsadi asabiy va hissiy stressni yengillashtirish, stress sabablarini hujayra darajasida bartaraf etish, stressga chidamlilikni tiklash va farovonlikni yaxshilashdir. Agar sizda holsizlik bo’lsa, tez charchasangiz - ushbu dastur aynan siz uchun.

Sizning go'zalligingiz dasturi

Ichki va tashqi tomonlama yosharish va o'zgarishning noyob individual dasturi. Dasturning natijasi – ko’zga tashlanarli estetik o'zgarish, yosharish va tananing umumiy holatining sezilarli yaxshilanishidir. Biz barcha muhim tizimlarning funksional diagnostikasini o'tkazamiz, teri va sog'liq pasportini tuzamiz. Tananing holati to'g'risida batafsil ma'lumot olgandan so'ng, siz go'zallik va yoshlikni saqlash dasturidan foydalanish uchun shaxsiy qo’llanmalar bilan tanishasiz.

Dam olish kunlari dasturi

Ushbu intensiv dastur tananing yangilanishi uchun kuchli impuls beradi va tananing zaif tomonlarini aniqlaydi. Dastur natijasida mehmonlar yengillikni his qiladilar va ular uchun yosharish yo'llari belgilanadi. Dastur “vaqtni” eng qimmatli manba deya hisoblagan mehmonlar uchun ishlab chiqilgan va qisqa vaqt ichida tanangizni yangilash va uni yanada yaqindan bilish uchun imkoniyat yaratadi.

Erkaklar salomatligi dasturi

Dastur sog'lig'ini saqlash, yoshlik va erkaklik kuchini uzaytirishni istagan erkaklar uchun yaratilgan. Ushbu dastur mavjud bo’lgan muammolarni hal qilishga, eng muhimi, erkaklar salomatligi sohasidagi mumkin bo'lgan salbiy o'zgarishlarning oldini olishga qaratilgan. Dasturning natijasi - jinsiy hayot sifatining yangi darajaga ko’tarilishi, erkaklar faolligining oshishi va yoshlikning uzayishi.

Ayollar salomatligi dasturi

Dastur reproduktiv salomatlikni saqlash, tug'riqdan keyin qisqa vaqt mobaynida tiklanish, ayollik va jozibadorlikni saqlab qolishni istagan ayollar uchun yaratilgan. Ushbu dastur mavjud bo'lgan kasalliklarni aniqlash, homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish yoki tug’riqdan keyingi tiklanish uchun individual muolaja rejasini tuzishga yordam beradi. "Ayollar salomatligi" dasturi davomida mehmonlar parvarishlash muolajalari, massaj va fizioterapiya muolajalarini oladilar.

Sizning sog’lig’ingiz dasturi

Dasturning maqsadi mutloq baxtga erishishdir. Bu faqat kuchli tana, sog’lom aql, o’zini anglashda muvaffaqiyatlar, doimiy rivojlanish, sof fikrlar va salbiy narsalar mavjud bo’lmaganda mumkin. Ha, bu qiyin, lekin rejimga, barcha qoidalarga rioya qilish va dangasalikni yo’qotish bu maqsadlarning barchasiga erishishga katta yordam beradi.

Dam olish kuni dasturi

Ushbu intensiv dastur tananing yangilanishi uchun kuchli impuls beradi va tananing zaif tomonlarini aniqlaydi. Dastur natijasida mehmonlar yengillikni his qiladilar va ular uchun yosharish yo'llari belgilanadi. Dastur “vaqtni” eng qimmatli manba deya hisoblagan mehmonlar uchun ishlab chiqilgan va qisqa vaqt ichida tanangizni yangilash va uni yanada yaqindan bilish uchun imkoniyat yaratadi.

Erkin nafas olish dasturi

Kislorod hayotning asosidir. U havoda, suvda va tanamizda mavjud. Inson tanasiga muhim kislorod molekulalarini qo'shgan holda, biz qarish jarayonini sekinlashtiramiz, biologik yoshni kamaytiramiz, tanani yangilaymiz va yangi hayot boshlaymiz.
"Erkin nafas olish" dasturi – bu oksigenatsiya bo’yicha innovatsion muolajalrni qo’llash va organizmni kislorod bilan to'yintirishdir.

Yangi hayot dasturi

“Yangi hayot” dasturi — bu maqsadlarga erishish, xotirjamlik, baxt va mamnuniyatni topish uchun tanangizni va dunyoqarashingizni rivojlantirish qobiliyatidir. O'zingizni o'rganish, tananing barcha a'zolari va tizimlarini takomillashtirish, sog'liqqa bo'lgan munosabatni to'liq o'zgartirish, hayotdan zavqlanish va maqsadlaringizga erishish uchun tananing imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha noyob tajribaga ega bo'lasiz.