UZ

Sog’lomlashtirish markazi

Bosh sahifa Mehmonxonalar Sog’lomlashtirish markazi Sizning sog’lig’ingiz dasturi
1 / 5

Sizning sog’lig’ingiz dasturi

Dasturning maqsadi mutloq baxtga erishishdir. Bu faqat kuchli tana, sog’lom aql, o’zini anglashda muvaffaqiyatlar, doimiy rivojlanish, sof fikrlar va salbiy narsalar mavjud bo’lmaganda mumkin. Ha, bu qiyin, lekin rejimga, barcha qoidalarga rioya qilish va dangasalikni yo’qotish bu maqsadlarning barchasiga erishishga katta yordam beradi.

Dasturning natijasi - hayotiylikni oshirish, stress va charchoq darajasini pasaytirish va tashqi ko’rinishini, terining holatini yaxshilash, sog’lom turmush tarzi strategiyasini ishlab chiqishdir. Bizning “Sizning sog’lig’ingiz” dasturimiz faol odamlar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, qisqa vaqt ichida massaj, jismoniy faollik, fizioterapiya muolajalari, shuningdek individual parhez terapiyasidan so’ng kuchli quvvatni his qilishingizga imkon beradi, bu sizning sog’lom va baxtli hayotingiz uchun chipta hisoblanadi.
Bundan tashqari, dasturda jismoniy mashqlar terapiyasi o’qituvchisi boshchiligidagi individual dastur bo’yicha mashg’ulotlar mavjud.

Dastur narxiga quyidagilar kiradi:

  • Individual tibbiy ko’rik;
  • Shaxsiy sog’lomlashtirish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Tibbiy muolajalar;
  • To’g’ri ovqatlanish asoslari;
  • Shaxsiy curator shifokorning kunlik maslahati;
  • Davolovchi shifokorning yakuniy maslahati;
  • “Salomatlik pasportini” tuzish.

DASTUR TARKIBI 5 KUN 7 KUN 10 KUN
Kurator shifokorning dastlabki maslahati - 20 daqiqa 1 1 1
Shifokor kurator bilan qayta maslahatlashish - 20 daqiqa 1 1 2
“Salomatlik pasportini” tuzish va shifokor kuratorning yakuniy maslahati - 20 daqiqa 1 1 1
Mutaxassis shifokor bilan maslahatlashish (nevrolog, dietolog-endokrinolog) - 20 daqiqa 1 1 1
Qorin bo’shlig’i organlari va buyraklarning ultratovush tekshiruvi - 20 daqiqa 1 1 1
Urolog maslahati - 20 daqiqa 1 1 1
BTL-EMSELLA apparatida tos bo’shlig’i mushaklari stimulyatsiyasi - 20 daqiqa 1 3 5
Umumiy massaj - 60 daqiqa 2 3 5
Мagnitoterapiya: mushaklar tiklanishi uchun - 20 daqiqa 2 3 5
Pressoterapiya: Qon tomirlarini mustahkamlash uchun -
20 daqiqa
2 3 5
Jismoniy mashqlar terapiyasining individual mashg’ulotlati - 30 daqiqa 1 3 5
Tahlillar to’plami: Umumiy qon tekshiruvi + EChT, Alt, Ast, bilirubin (umumiy, to’g’ridan-to’g’ri), siydik kislotasi, kreatinin, glyukoza, lipidogramma, koagulogramma, Umumiy siydikni tahlili - 10 мин 1 1 1
Narxlar O'zbekiston so'm valyutasida ko'rsatilgan va QQSni o'z ichiga oladi. Majmua oldindan ogohlantirmasdan narxlar va dasturlar tarkibini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. 3 015 000 4 500 000 6 560 000

More programs

Antistress dasturi

Dastur tananing umumiy holati va uning bioritmlarini mustahkamlashtirishga qaratilgan.
Dasturning maqsadi asabiy va hissiy stressni yengillashtirish, stress sabablarini hujayra darajasida bartaraf etish, stressga chidamlilikni tiklash va farovonlikni yaxshilashdir. Agar sizda holsizlik bo’lsa, tez charchasangiz - ushbu dastur aynan siz uchun.

Sizning go'zalligingiz dasturi

Ichki va tashqi tomonlama yosharish va o'zgarishning noyob individual dasturi. Dasturning natijasi – ko’zga tashlanarli estetik o'zgarish, yosharish va tananing umumiy holatining sezilarli yaxshilanishidir. Biz barcha muhim tizimlarning funksional diagnostikasini o'tkazamiz, teri va sog'liq pasportini tuzamiz. Tananing holati to'g'risida batafsil ma'lumot olgandan so'ng, siz go'zallik va yoshlikni saqlash dasturidan foydalanish uchun shaxsiy qo’llanmalar bilan tanishasiz.

Dam olish kunlari dasturi

Ushbu intensiv dastur tananing yangilanishi uchun kuchli impuls beradi va tananing zaif tomonlarini aniqlaydi. Dastur natijasida mehmonlar yengillikni his qiladilar va ular uchun yosharish yo'llari belgilanadi. Dastur “vaqtni” eng qimmatli manba deya hisoblagan mehmonlar uchun ishlab chiqilgan va qisqa vaqt ichida tanangizni yangilash va uni yanada yaqindan bilish uchun imkoniyat yaratadi.

Erkaklar salomatligi dasturi

Dastur sog'lig'ini saqlash, yoshlik va erkaklik kuchini uzaytirishni istagan erkaklar uchun yaratilgan. Ushbu dastur mavjud bo’lgan muammolarni hal qilishga, eng muhimi, erkaklar salomatligi sohasidagi mumkin bo'lgan salbiy o'zgarishlarning oldini olishga qaratilgan. Dasturning natijasi - jinsiy hayot sifatining yangi darajaga ko’tarilishi, erkaklar faolligining oshishi va yoshlikning uzayishi.

Ayollar salomatligi dasturi

Dastur reproduktiv salomatlikni saqlash, tug'riqdan keyin qisqa vaqt mobaynida tiklanish, ayollik va jozibadorlikni saqlab qolishni istagan ayollar uchun yaratilgan. Ushbu dastur mavjud bo'lgan kasalliklarni aniqlash, homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish yoki tug’riqdan keyingi tiklanish uchun individual muolaja rejasini tuzishga yordam beradi. "Ayollar salomatligi" dasturi davomida mehmonlar parvarishlash muolajalari, massaj va fizioterapiya muolajalarini oladilar.

Sizning sog’lig’ingiz dasturi

Dasturning maqsadi mutloq baxtga erishishdir. Bu faqat kuchli tana, sog’lom aql, o’zini anglashda muvaffaqiyatlar, doimiy rivojlanish, sof fikrlar va salbiy narsalar mavjud bo’lmaganda mumkin. Ha, bu qiyin, lekin rejimga, barcha qoidalarga rioya qilish va dangasalikni yo’qotish bu maqsadlarning barchasiga erishishga katta yordam beradi.

Dam olish kuni dasturi

Ushbu intensiv dastur tananing yangilanishi uchun kuchli impuls beradi va tananing zaif tomonlarini aniqlaydi. Dastur natijasida mehmonlar yengillikni his qiladilar va ular uchun yosharish yo'llari belgilanadi. Dastur “vaqtni” eng qimmatli manba deya hisoblagan mehmonlar uchun ishlab chiqilgan va qisqa vaqt ichida tanangizni yangilash va uni yanada yaqindan bilish uchun imkoniyat yaratadi.

Erkin nafas olish dasturi

Kislorod hayotning asosidir. U havoda, suvda va tanamizda mavjud. Inson tanasiga muhim kislorod molekulalarini qo'shgan holda, biz qarish jarayonini sekinlashtiramiz, biologik yoshni kamaytiramiz, tanani yangilaymiz va yangi hayot boshlaymiz.
"Erkin nafas olish" dasturi – bu oksigenatsiya bo’yicha innovatsion muolajalrni qo’llash va organizmni kislorod bilan to'yintirishdir.

Yangi hayot dasturi

“Yangi hayot” dasturi — bu maqsadlarga erishish, xotirjamlik, baxt va mamnuniyatni topish uchun tanangizni va dunyoqarashingizni rivojlantirish qobiliyatidir. O'zingizni o'rganish, tananing barcha a'zolari va tizimlarini takomillashtirish, sog'liqqa bo'lgan munosabatni to'liq o'zgartirish, hayotdan zavqlanish va maqsadlaringizga erishish uchun tananing imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha noyob tajribaga ega bo'lasiz.