25.04.2025
23-24 aprel kunlari “Boqiy shahar” muhim madaniy uchrashuv maydoniga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining Milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy dastur doirasida majmuamizga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar uchun milliy hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslari hamda Sharq an’analari va ruhini aks ettiruvchi madaniy shou namoyish etildi.
Bu biz uchun katta sharaf va “Boqiy shahar” tarixidagi muhim sahifalardan biridir.
https://www.president.uz