UZ

Silk Road Samarkand — YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Silk Road Samarkand — YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi

20.10.2025

2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrgacha Silk Road Samarkand turistik majmuasi YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joyga aylanadi — bu madaniyat, fan va ta’lim sohasidagi eng muhim xalqaro tadbirlardan biridir.

Ushbu voqea tarixiy ahamiyatga ega: deyarli 40 yildan buyon ilk bor YuNESKO sessiyasi Parijdagi shtab-kvartiradan tashqarida o‘tkaziladi va Samarqand shu yirik anjuman mezboni bo‘lish sharfiga muyassar bo‘ldi.

Dunyoning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand yana bir bor o‘tmish an’analarini va kelajak innovatsiyalarini birlashtiruvchi shahar sifatida o‘z o‘rnini tasdiqlaydi. YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi xalqaro hamkorlik va madaniy muloqot tarixida muhim sahifa bo‘lib qoladi.