UZ

Silk Road Samarkand — O‘zbekiston Milliy Mehmondo‘stlik mukofoti laureati!

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Silk Road Samarkand — O‘zbekiston Milliy Mehmondo‘stlik mukofoti laureati!

19.02.2026

2025 yil yakunlariga ko‘ra, turistik majmua “Xalqaro yirik miqyosdagi tadbirlar uchun eng yaxshi kompleks” nominatsiyasida V Milliy Mehmondo‘stlik mukofoti g‘olibi bo‘ldi. Taqdirlash marosimi turizm va mehmondo‘stlik sohasida yil yakunlarini sarhisob qiluvchi muhim tadbir — VII Hotel Business Forum 2026 doirasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mukofot O‘zbekiston Mehmonxonalar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilib, xizmat sifati, sifat darajasi va soha rivojiga yangi standartlar joriy etayotgan loyihalarni e’tirof etadi.

Biz Silk Road Samarkand yirik xalqaro tadbirlar uchun yetakchi maydon sifatidagi maqomini mustahkamlab, Markaziy Osiyoda mehmondo‘stlikning yangi darajasi ramziga aylanib borayotganidan faxrlanamiz.