UZ

Markaziy Osiyo – YEI sammiti Silk Road Samarqandda

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Markaziy Osiyo – YEI sammiti Silk Road Samarqandda

03.04.2025

Betakror Silk Road Samarqand majmuasida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi (YEI) birinchi sammiti boshlandi. Ushbu tadbir mintaqalararo muloqotni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, majmua Kongress markazi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari va YEI yuqori martabali vakillarini qabul qilmoqda. Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari bor.

"Kelajakka sarmoya kiritish" shiori ostida o‘tayotgan sammit iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va barqaror rivojlanish masalalarini qamrab oladi. Yetakchilar 4-apreldan boshlanadigan Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi majlisida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki hamda Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan birga ishtirok etadilar.

Silk Road Samarqand xalqaro hamkorlikning yangi darajadagi ramziga aylandi. Majmuadagi mehmonxonalarda ishtirokchilarni joylashtirish ishonch muhitini yaratib, diplomatik va biznes aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sammit majmuaning zamonaviy global muloqot markazi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlab, an’ana va innovatsiyalarni birlashtiradi.

1 / 5