21.11.2025
24-noyabrdan 5-dekabrgacha yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvon va o‘simlik turlari bilan xalqaro savdoni tartibga solish to‘g‘risidagi konvensiya tomonlari konferensiyasining 20-sessiyasi — CITES CoP20 Silk Road Samarkand turizm majmuasida bo‘lib o‘tadi. COP20 ning Samarkandda o‘tishi — shahar va butun mintaqa uchun tarixiy voqea. Silk Road Samarkand esa bu jarayonning yuragi bo‘lib, dunyo yetakchilari, ekologiya bo‘yicha ekspertlar va xalqaro tashkilotlarni birlashtiradigan markazga aylanadi. Silk Road Samarkand nafaqat Markaziy Osiyodagi yirik turizm klasteri, balki barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilinadigan global maydon sifatida ham e’tirof etilmoqda. Majmua bunday miqyosdagi tadbirlarni qabul qilish uchun zarur infratuzilma, mehmonxona fondi, kongress markazi, logistika va xavfsizlik imkoniyatlariga to‘liq ega. CITES CoP20 davomida delegatlar 180 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurib, biologik xilma-xillikni asrash va xalqaro savdoni tartibga solish bo‘yicha muhim global qarorlarni muhokama qiladi.