UZ

Konferensiyasida Silk Road Samarkandning taqdimoti

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Konferensiyasida Silk Road Samarkandning taqdimoti

14.06.2024

Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi “Markaziy Osiyo Ayollari mehmonxona biznesida: zamonaviy muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada o’z imkoniyatlarini namoyish etdi.

13-iyun kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan anjuman “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamda USAIDning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi hamkorligida tashkil etildi.

Ishtirokchilarga Samarqandning sayyohlik salohiyatini o’zgartirishga muvaffaq bo’lgan yetakchi MICE majmuasi sifatida Silk Road Samarkandning imkoniyatlari taqdim etildi.

Xalqaro konferensiyada Qirg’iziston Respublikasi Turizm Departamenti, Tojikiston Xususiy sektorni rivojlantirish ittifoqi, Qozog’iston Respublikasi “Alliance Strategy” xalqaro biznes akademiyasi, “Silk Road University Samarkand”, Qirg’iziston Respublikasi “She Stars” Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish jamg’armasi va boshqa tadbirkorlik tashkilotlarining rahbarlari va ekspertlari ma’ruza qildilar.

Anjuman Silk Road Samarkand majmuasining yutuqlarini taqdim etish, hamkasblar va potentsial hamkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berish, soha yetakchilari o’rtasida turli tajriba almashish imkonini berdi. Mutaxassislar o’rtasidagi muloqot bunday ko’p tomonlama muloqotni davom ettirish va hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

1 / 2