UZ

"Silk Road Samarkand"da Navro'z bayrami

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

"Silk Road Samarkand"da Navro'z bayrami

13.03.2024

21-mart kuni “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasining Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida bahor bayrami - Navro'z bo'lib o'tadi. Bu bayram sharqona Yangi yil bo'lib, ikkinchi marotaba “Boqiy shaharda” tantanali ravishda nishonlanmoqda.

Bu yil bayram ishtirokchilarini ko'plab qiziqarli voqealar kutadi. Har bir tashrif buyuruvchi Navro‘z bayramining ajralmas qismi bo‘lgan sumalakdan, oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan mazali palovdan tatib ko‘rishi mumkin.

Yosh ishtirokchilar varraklar festivalida ishtirok etish va sovrinlarni yutish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Amfiteatr sahnasida Samarqandning taniqli xonandalari ishtirokidagi konsert, milliy va raqs guruhi chiqishlari, “Ajdarlar shousi”, dizayner Hamida Inoyatovaning modalar namoyishi va ko‘plab qiziqarli chiqishlar bo‘lib o‘tadi. "Navro‘z-Regata" deya nomlangan ajoyib qayiq paradi bu yilgi Navro‘zning eng asosiy voqeasiga aylanadi.

Varraklar festivali 19-24-mart kunlari bo'lib o'tadi. Aynan shu sanalarda tashrif buyuruvchilar sumalak pishirish jarayonida ishtirok etishlari mumkin. 20-22-23-mart kunlari kechki payt Amfiteatr maydonida rang-barang shou bo'lib o'tadi va fon musiqasi yangraydi.

Sizlarni 19-24-mart kunlari “Boqiy shaharda” Navro‘z bayramida kutamiz! Ko'rishguncha!