UZ

Hilton Worldwide endi Silk Road Samarkand majmuasida

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Hilton Worldwide endi Silk Road Samarkand majmuasida

27.02.2024

Hilton Hotels & Resorts xalqaro mehmonxonalar tarmog’iga egalik qiluvchi Hilton Worldwide Corporation Silk Road Samarkand majmuasidagi uchta mehmonxonani rebrending qildi hamda mehmondo’stlik va birinchi darajali xizmat ko‘rsatishning yangi standartlarini o‘rnatmoqchi.

Ushbu mehmonxonalar rebrendingi yakunlandi:
Samarkand Regency Amir Temur – Hilton Samarkand Regency
Wellness Park Hotel Afrosiyob – Hilton Garden Inn Afrosiyob
Wellness Park Hotel Sogd – Hilton Garden Inn Sogd

Ochilish marosimida qizil lentani O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, sayyohlik majmuasining Boshqaruvchi direktori Haji Qurbonov, Hilton Samarkand Regency mehmonxonasining Bosh menejeri Murat Yetisgen va Hilton Garden Inn Afrosiyob & Sogd mehmonxonalarining klaster Bosh menejeri Sayit Onay kesishdi.

“Biz ushbu brendni o’z majmuamizga olib kirishga muvaffaq bo’ldik va bu Samarqand viloyatida mehmonxona xizmatini yaxshilash yo’lidagi yana bir sifatli qadamdir. Yana bir besh yulduzli mehmonxonaning ochilishi Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasini yangi bosqichga olib chiqadi”, — dedi Haji Qurbonov.

Hilton Hotels & Resorts Hilton Honors, Hiltonning mehmonlarga sodiqlik dasturida ishtirok etadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri Hilton veb-sahifalari va Hilton Honors ilovalari orqali bron qilgan aʼzolar eksklyuziv chegirma va imtiyozlarga ega boʻladilar.

Mehmonxonalar bilan bog’lanish va band qilish uchun:

Hilton Samarkand Regency , +998 55 705 70 10

Hilton Garden Inn Afrosiyob , +998 55 705 70 51

Hilton Garden Inn Sogd , +998 55 705 70 52

1 / 4
Hilton Worldwide endi Silk Road Samarkand majmuasida
Hilton Worldwide endi Silk Road Samarkand majmuasida
Hilton Worldwide endi Silk Road Samarkand majmuasida
Hilton Worldwide endi Silk Road Samarkand majmuasida