UZ

OROM — yaqinlaringiz bilan dam oliş vaqti!

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

OROM — yaqinlaringiz bilan dam oliş vaqti!

11.11.2026

2026-yil 16-noyabrdan 2027-yil 31-martgaça Silk Road Samarkand turizm majmuasi mehmonxonalarida qulaylik, öz salomatligiga eʼtibor va yaqinlari bilan ötkaziladigan vaqtni qadrlaydiganlar uçun yaratilgan OROM maxsus taklifi amal qiladi.

Dam olişingiz yanada qulay va unutilmas bölişi uçun biz şinam xonalarda yaşaş, mazali nonuşta va keçki ovqat, kutib oliş sovğalari hamda qöşimça imtiyozlarni bir taklifda jamladik.

Özingizga mos dam oliş turini tanlang

Hilton Samarkand Regency va Silk Road by Minyoun


Beş yulduzli qulaylik, yuqori darajadagi xizmat körsatiş va hordiq bağişlovçi SPA muhitidan bahramand böling. Mehmonxonalar mehmonlari uçun SPA xizmatlariga 25% çegirma taqdim etiladi.

Savitsky Plaza va Lia! by Minyoun


Qöşimça imkoniyatlarga ega qulay dam olişdan bahramand böling. Mehmonlar oldindan yoziliş asosida majmuaning beş yulduzli mehmonxonalari basseynlaridan foydalanişlari mumkin.

Hilton Garden Inn Samarkand Afrosiyob, Hilton Garden Inn Samarkand Sogd va Wellness Park Hotel Bactria


Maxsus sağlomlaştiriş dasturlari yordamida maroqli dam olişni salomatlikka ğamxörlik bilan uyğunlaştiring. Bu dasturlar kuçni tiklaş va özingizga vaqt ajratiş imkonini beradi.

OROM taklifiga nimalar kiritilgan?

Biz dam olişingizning barça muhim jihatlarini hisobga oldik. Siz esa özingiz va yaqinlaringizga köproq vaqt ajratişingiz mumkin.

Qulay yaşaş
— tanlangan toifadagi şinam xonada joylaşiş.
Set-menyu böyiça nonuşta va keçki ovqat — yaşaş narxiga kiritilgan.
Kutib oliş sovğalari — dam olişingizni yanada yoqimli qiladi.
Mehmonxonalar restoranlari menyusidagi taomlarga 25% çegirma — spirtli içimliklardan taşqari.
Qöşimça imtiyozlar — tanlangan mehmonxonaga qarab taqdim etiladi.

Butun oila uçun dam oliş

OROM taklifi 2 nafar katta va 2 nafar bola (biri 3 yoşgaça, ikkinçisi 6 yoşgaça) bölgan oilalar uçun möljallangan.
Bu yaqinlaringiz bilan birga vaqt ötkaziş, kundalik muhitni özgartiriş va oilangizga yangi taassurotlar hadya etiş uçun ajoyib imkoniyatdir.

Xonani band qiliş şartlari

Narx tanlangan mehmonxona, xona toifasi va yaşaş sanalariga boğliq.
Qöşimça karavot alohida tölov evaziga taqdim etiladi.
Sağlomlaştiriş muolajalaridan 18 yoşdan oşgan mehmonlar oldindan yoziliş asosida foydalanişlari mumkin.
Taklif 100% oldindan tölov şartlari asosida amal qiladi.

Dam oliş vaqti OROM bilan boşlanadi!

Silk Road Samarkandʼning mehmondöstlik muhitida unutilmas kunlarni ötkazing. Özingizga mos mehmonxonani tanlang, yaqinlaringiz bilan dam olişni rejalashtiring va har bir lahzadan zavqlaning.

Xonani band qiliş uçun rasmiy saytda OROM promokodidan foydalaning.