UZ

"Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog'ida Navro'z!

Bosh sahifa Kurort Voqealar va yangiliklar

"Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog'ida Navro'z!

12.04.2023

Silk Road Samarkandning "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bog'ida Navro’z keng ko'lamli bayrami sharafiga 50 mingdan ortiq odam qatnashdi va 100 kg osh, 50 kg sumalak, turli xil rang – barang tadbirlar tashkil etildi.

Navro'z - Sharqona Yangi yil deb hisoblanadi. Butun O'rta Osiyoning sevimli bayramlaridan biri Silk Road Samarkand hududida juda yorqin nishonlandi. Uch kun davomida majmua mehmonlarini O'zbek estrada yulduzlari va Dj-lar o'z chiqishlari bilan xursand qilishdi, dizayner Hamida Inoyatovaning milliy liboslari namoyish etildi, bolalar uchun esa flesh-moblar, animatorlar va varrak tanlovlari tashkil etildi, bolalarga esdalik sovrinlari taqdim etildi. Bu yerda mehmonlar "Makon" musiqiy guruhining chiqishlaridan bahramand bo'lishdi va milliy taomlarni ta'tib ko'rishdi.

Shubhasiz bu yorqin his – tuyg'ular, bolalar quvonchi, rang-barang musiqa va bayramona muhit Samarkand Silk Road majmuasida Navro'zni nishonlagan barcha mehmonlarning xotirasida qoldi.