08.01.2025
29-yanvardan 5-fevralgacha Silk Road Samarkand turistik majmuasi hududida joylashgan Boqiy shahar etnografik bog‘ida Xitoy Yangi yiliga bag‘ishlangan katta yarmarka bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir, yilni sharqona an’analar, betakror shoular va o’zgacha kayfiyat bilan boshlab beradi.
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Yarmarkaning asosiy qismi mo’jizakor muhit yaratadigan tomoshalar bo‘ladi. Mazali taom ishqibozlari Xitoy va O‘zbek oshxonalarining eng mahoratli oshpazlari tomonidan tayyorlangan ajoyib taomlardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Har bir taom sizni sharqona tam va an’analar olamiga olib boradi.
Bayram muhitidan to‘liq bahramand bo’ling
Yarmarkada ishtirok etgan mehmonlar Silk Road Samarkand by Minyoun va Lia by Minyoun mehmonxonalarida to‘xtab, qulay va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatiladigan xonalarda dam olishlari mumkin. Mehmonxonalar qulay joylashuvi bayramning biror javhasini o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi.
Hoziroq band qiling!
Bayram kunlariga mo‘ljallangan xonalar tezda band bo‘lmoqda. Ushbu unutilmas haftaning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang—hozirning o‘zida veb-saytimiz orqali yoki quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilib joylarni band qiling: +998 55 705 55 55.
Boqiy shaharda Xitoy Yangi yilining bayramona sehrini his eting va hayotingizga unutilmas lahzalar tuhfa qiling!