UZ

FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss 2025 turnirlari Silk Road Samarkandda bo'lib o'tadi

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss 2025 turnirlari Silk Road Samarkandda bo'lib o'tadi

03.09.2025

2025-yil 3–16-sentyabr kunlari Silk Road Samarkand turizm markazida FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss 2025 turnirlari bo'lib o'tadi.

Turnirlar 2026-yilgi Jahon shaxmat chempionati uchun saralash bosqichi hisoblanadi. Musobaqada butun dunyo bo'ylab jami 172 nafar shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda: 116 nafari Grand Swiss, 56 nafari ayollar musobaqasida.

Turnirlar Shveytsar tizimi asosida 11 tur davomida o‘tkaziladi.

Har ikki turnirda yuqori o‘rinni egallagan ikki nafardan ishtirokchi mos ravishda 2026-yilgi FIDE nomzodlar turniri va FIDE Ayollar o'rtasisidagi nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi — 855 000 AQSH dollar, shundan 625 000 — Grand Swiss uchun, 230 000 — ayollar musobaqasi uchun ajratilgan.

Grand Swiss turniri har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va u dunyodagi eng nufuzli va raqobatbardosh musobaqalardan biri hisoblanadi.