14.06.2024
Silk Road Samarkand Expo Markazida FIA 2024-yilgi navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi doirasida zamonaviy avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Sport vazirligi, Olimpiya qo‘mitasi, 7Saber sport kiyimlari do‘koni va Samarqand viloyati Hokimligining faol ko‘magida NAFKU tomonidan tashkil etildi.
Tashrif buyuruvchilar turli xil cheklangan miqdordagi sport avtomobillari, shuningdek, CHEVROLET, KIA, OPEL, EXEED va BYD brendlarining zamonaviy avtomobillari bilan yaqinroq tanishish uchun noyob imkoniyatga ega.