UZ

Euronews telekanalining "Fokus" dasturi Silk Road Samarkand sayyohlik markazi haqida reportaj tayyorladi

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Euronews telekanalining "Fokus" dasturi Silk Road Samarkand sayyohlik markazi haqida reportaj tayyorladi

28.02.2023

O'zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri bo'lgan Samarqand mehmonlar va sayohatchilar uchun yangi Silk Road Samarkand sayyohlik markazini ochdi. Nufuzli Yevropa nashrining jurnalistlari Silk Road Samarkand majmuasi ochilishi bilan O'zbekistonga sayyohlar oqimi kirib kelishiga shubha qilmaydi. Reportajda Euronews yangi markaz bilan yaqinroq tanishish, uni amalga oshirishda bevosita ishtirok etganlar bilan suhbatlashishga taklif qiladi.

“Tez orada Silk Road Samarkandda joyslashangan Kongress markazi, “Boqiy shahar” tarixiy va etnografik parki, Gashtak (baliq ovlash uchun sun'iy ko'l), musiqiy favvorali Markaziy maydon, "Eko Village" yozgi shaharchasi, shuningdek, xalqaro toifali 8 ta mehmonxona brendlarini birlashtirgan ulkan ko'p tarmoqli majmua Markaziy Osiyo tursektorida referent manzilga aylanadi", deb ta’kidlanadi hisobotda.

Yevropa ommaviy axborot vositalari tez orada Silk Road Samarkand majmuasi Samarqand shahrining turizmini rivojlantirishda asosiy qurol bo'lishiga amindir.

1 / 3
Silk Road Samarkand
Silk Road Samarkand
Silk Road Samarkand