UZ

Boqiy Shahar majmuasida Palov Festivali — 3-avgust

Bosh sahifa Majmua Voqealar va yangiliklar

Boqiy Shahar majmuasida Palov Festivali — 3-avgust

01.08.2025

Hurmatli mehmonlar,

3-avgust kuni Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan "Palov Festivali" Boqiy Shahar majmuasida bo‘lib o‘tadi — an’analar, oshpazlik mahorati va bayram ruhini o‘zida mujassam etadigan yirik gastronomik va madaniy tadbir.

Festival doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
– 7 tonna palov tayyorlanadi,
– mamlakatning turli hududlaridan 50 ga yaqin eng yaxshi oshpazlar ishtirok etadi,
-Boqiy shahar majmuasining Amfiteatri sahnasida bayram konserti,
– O'zbek estradasi yulduzlari chiqishlari: Lola Ahmedova, Muhammadziyo, Oybek va Nigora.
– Jonli musiqa, folklor chiqishlari va hunarmandchilik ustaxonalarini o‘z ichiga olgan madaniy dastur.

Festival har bir mehmon va butun oila uchun unutilmas voqea bo‘ladi. Milliy taomlar ta’mi, o‘zbekona mehmondo‘stlik va quvonchga to'la muhit sizni kutmoqda.

Sizni 3-avgust kuni Boqiy Shahar majmuasida mehmon bo‘lishga chorlaymiz — ta’m, madaniyat va ilhom bag'ishlovchi muhitda birga bo‘lamiz!