UZ

Bolalik sayyorasi: Silk Road Samarkand va ERIELL Group hamkorligidagi xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan xayriya tadbiri

Bosh sahifa Kurort Voqealar va yangiliklar

Bolalik sayyorasi: Silk Road Samarkand va ERIELL Group hamkorligidagi xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan xayriya tadbiri

01.06.2023

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga qarata “Boqiy shahar” bog'ida mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi 300 bolaga atalgan ko'ngil ochar tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda barcha bolalar maxsus tayyorlangan qiziqarli ko'ngilochar va faol o'yinlar olamiga sho'ng'ish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Bolalar “Boqiy shahar” bog‘ida sayr qilishdan, to‘p o‘yinlarini o‘ynashdan, shuningdek, o‘z rasmlari va boshqa qiziqarli suratlarni chizishdan zavqlanishdi. Bundan tashqari, bolalar asfaltga rasm chizish va ertak san'atiga qo'shilish imkoniga ega bo'lishdi. Tadbir yakunlanganida "Afrosiyob" restoranida bolalar uchun bayram oshi va shirinliklar tashkillashtirilib, qiziqarli kitob va sovg'alar taqdim etildi.

Xayriya tadbiri “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi, “Eriell” kompaniyalar guruhi, Samarqand viloyati IIB Milliy gvardiya xizmati rahbariyati va Turizm politsiyasi ko‘magida tashkil etildi.

“Bolalar bizning kelajagimiz, ularga g‘amxo‘rlik qilish va ularning baxtli bo'lishi - bizning asosiy vazifamizdir. Bolalarga quvonch, zavq va ta’riflab bo‘lmaydigan tuyg‘ularni hadya etish, shuningdek, ular uchun yoqimli va esda qolarli xotira yaratish bizning jamiyatimiz uchun juda muhimdir”, — deya ta'kidladi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi rahbariyati.

Ushbu tadbir Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini o'tkazish va bolalarga unutilmas taassurot berishga katta imkoniyat yaratti. Tashkilotchilar yaqin kelajakda bolalarni himoya qilish bo'yicha turli xil ishlarni olib borish va bunday tadbirlarni o'tkazish ustida ishlashni rejalashtirishmoqda.

1 / 8
Silk Road Samarkand va ERIELL Group hamkorligidagi xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan xayriya tadbiri