14.06.2024
FIA 2024 Nufuzli Konferensiyasi 10-13-iyun kunlari FIAning 120 yillik yubileyiga bag’ishlab o’tkazildi. Bu tadbirga 147 mamlakatdan 500 dan ortiq ishtirokchilarni, jumladan rezidentlar, klub delegatlari, federatsiyalar va assotsiatsiyalar vakillari tashrif buyurdi. Tadbirni tashkil qilish NAFKU tomonidan amalga oshirildi va O’zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Olimpiya qo’mitasi, 7Saber sport kiyimlari do’koni va Samarqand viloyati Hokimligi ko’magida tashkil etildi.
Yubiley Bosh Assambleyasi xalqaro avtomotorsport, barqaror harakatchanlik, atrof-muhitni muhofaza qilish va avtomotorsportning inklyuzivlik sohasidagi muhim qarorlarni muhokama qilishga qaratildi. Shuningdek ushbu tadbir ilg’or g’oyalar va yangi kelishuvlar uchun muhim platforma bo’ldi.
Silk Road Samarkandda bo’lib ovtgan FIA 2024 Konferensiyasi O’zbekistonda avtomotorsportni rivojlantirish uchun muhim voqea bo’ldi.