Hurmatli mehmonlar!
E'tiboringizni shunga qaratamizki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasida turistik
(mehmonxona) yig'imi amal qiladi:
— O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan
shaxslar uchun — har bir kishi uchun kuniga BHMning 0,4% (hozirgi kunda 1 648 so'm);
— chet el fuqarolari uchun — har bir kishi uchun kuniga BHMning 15% (hozirgi kunda 61 800 so'm).
16 yoshgacha bo'lgan bolalardan (fuqaroligidan qat'i nazar) turistik yig'im undirilmaydi.
*BHM — bazaviy hisoblash miqdori.
Turistik yig'im mehmonning pasport ma'lumotlariga muvofiq ro'yxatdan o'tish (check-in) vaqtida qabul
bo'limida (Reception) alohida to'lanadi. Ro'yxatdan o'tishda pasportni, 16 yoshgacha bo'lgan bolalar
uchun esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani taqdim etish so'raladi.