UZ

Kurortning bog'lari va parklar

Bosh sahifa Kurort Kurortning bog'lari va parklar
Парки и сады курорта

Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi hududida, Oʻrta Osiyodagi eng yirik Samarqand dendroparki joylashgan. U 120 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Taqqoslash uchun: Toshkentdagi botanika bog‘i hududi 65 gektarni, mashhur Sochi dendrariysining maydoni esa 46,4 gektarni tashkil etadi.

Samarqand dendroparki, joyning landshaft xususiyatlarini hisobga olgan holda 14 zonaga bo'lingan. Yangi parkda o'simliklar o'tqazishdan oldin  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti maslahatchilari qariyb bir yil davomida dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan turli daraxt navlarining xususiyatlarini o‘rgandi. Natijada, Germaniya, Belgiya, Italiya, Gollandiyadan keltirilgan 20 ming tupdan ortiq o'simlik va 250 ming tupdan ortiq buta tanlab olindi va o'tqazildi.

Bundan tashqari, dendroparkda 10 mingta mahalliy o'simliklar: olma, uzum, anor, tutning eng yaxshi navlari, shuningdek, olxo'ri, shaftoli va o'rik daraxtlari taqdim etilgan. Anjir parkining hududi 2,5 gektarni tashkil qiladi.

Dendrparkni qurish va obodonlashtirishda O‘zbekiston, Turkiya, Italiya va Germaniyadan kelgan 300 dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Xalqaro tajriba, eng yaxshi jahon texnologiyalarini qo‘llash va park faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish imkonini berdi. Masalan, tuproq namligini va sug'orishlar takrorlanishini smartfon orqali kuzatib borish mumkin.  Har bir o'simlikka olib borilgan mikro sug‘orish tizimi, suv va elektr energiyasi sarfini 50 foizgacha qisqartirish imkonini beradi.