Organizmni tozalashga ixtisoslashgan ushbu mehmonxona dizayni dunyodagi eng qadimgi dinlardan biri bo‘lgan zardushtiylikdan ilhomlangan. Bu ta’limotning negizida tabiiy unsurlar va tirik tabiatning muqaddasligiga ishonish yotadi. Mehmonxonada trenajyor zali yo‘q, lekin birinchi qavatda meditatsiyalar uchun studiya jihozlangan.
Lobbida 10 kishilik “davra suhbati” formatida muloqot qilish va ishlash uchun joy ham mavjud.
Mehmonxonaning profil yo‘nalishi — organizmni tozalashdir (detoks). Tibbiyot kompleksining yetakchi mutaxassislari orasida: gastroenterolog, diнetolog, endokrinolog, kardiolog. Mehmonlar uchun kosmetolog, massaj, loy terapiyasi, shifobaxsh dushlar, infraqizil sauna, pressoterapiya, monitorli ichakni tozalash xizmatlari ham mavjud.
Taklif etilayotgan dasturlar 3 kundan ortiq qolish muddati uchun mo‘ljallangan.
ta xona
ta lyuks xonalar
ta restoran
ta bar
From 904 000$
From 892 700$
From 1 367 300$
From 1 604 600$
17 gektar maydonida “Silk Road Samarkand” majmuasi mehmonlari O‘zbekiston zamini va xalqlarining tarixi va an’analari bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan haqiqiy qadimiy shahar qayta tiklandi. Abadiy shaharga tashrif buyuruvchilar mamlakatning turli davrlari va mintaqalari milliy taomlarini tatib ko‘rishlari va haqiqiy ko‘cha tomoshalarini ko‘rishlari mumkin.
Majmua mehmonlari go‘zal Eshkak kanali va Abadiy shahar kanali bo‘ylab daryo sayohatlari uchun qayiqlarni ijaraga olishlari mumkin.
Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi hududida, Oʻrta Osiyodagi eng yirik Samarqand dendroparki joylashgan. U 120 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Taqqoslash uchun: Toshkentdagi botanika bog‘i hududi 65 gektarni, mashhur Sochi dendrariysining maydoni esa 46,4 gektarni tashkil etadi.
Majmua hududida o‘zbek va xalqaro taomlarni tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan turli xil restoranlar mavjud.
“Silk Road Samarkand” hududida ikkita SPA-markaz mavjud bo‘lib, ularda mehmonlarga zamonaviy Yevropa kosmetik brendlari Valmont va Thalgo asosida yuz va tanani sog‘lomlashtirish muolajalari taklif etiladi. Bu yerda Bali orolidan kelgan tajribali mutaxassislar ishlaydi.