EN
Home Hotels Samarkand Regency Amir Temur

Samarkand Regency
Amir Temur

Amir Temur — O‘rta Osiyoning buyuk hukmdori, sarkarda va Samarqandning asoschisidir. Uning sharafiga 22 qavatli hashamatli besh yulduzli Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonasi nomlangan.

Mehmonxona konseptsiyasi nafaqat mintaqaning boy tarixiy merosiga, balki xalqaro tajribaga, shuningdek, mehmondo‘stlik sanoatining jahon standartlariga asoslanadi. “Samarkand Regency Amir Temur” mehmonxonasi “The Leading Hotels of the World” nufuzli assotsiatsiyasiga aʼzo bo‘lgan Markaziy Osiyodagi birinchi va hozirgacha yagona mehmonxonaga aylandi.

1 / 0
Lobbi
Lobbi
Royal Lounge
El Sabor go‘sht restorani
Banket zali oldidagi foye
Lobbi
Lobbi
Royal Lounge
El Sabor go‘sht restorani
Banket zali oldidagi foye
232

ta xona

26

ta lyuks xonalar

2

ta restoran

3

ta bar

4

ta konferensiya zali

1

ta banket zali

1

SPA&Wellness

2

ta basseyn

Rooms

Superior

From 2 022 700$

Kanal manzarali superior

From 2 260 000$

Platinum lyuks xonasi

From 4 395 700$

Diamond lyuks xonasi

From 5 977 700$

Restoranlar

Mehmonxona hududida go‘sht taomlari restorani El Sabor joylashgan bo‘lib, unda vinolarning keng tanlovi mavjud. 20-qavatdagi “Sky Bar” baridan Samarqand va Abadiy shaharga panoramik manzara ochiladi.

SPA&Wellness

Nephrite Spa & Wellness — O‘zbekistonning tabiiy mo‘jizalaridan biri bo‘lgan Nefrit ko‘llari nomini olgan kurort markazi. Mehmonlar uchun — Bali orolidan kelgan birinchi darajali mutaxassislar jamoasi, shuningdek, sauna, hamam, muz favvorasi va dam olish maskani xizmat ko‘rsatadi.

Tadbirlar

Mehmonxona konferensiya zallari O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlari: Andijon, Navoiy, Shahrisabz va Buxoro nomi bilan atalgan. Har bir zalda o‘ziga xos uslub yaratilgan.

Abadiy shahar
Abadiy shahar

11 gektar maydonida “Silk Road Samarkand” majmuasi mehmonlari O‘zbekiston zamini va xalqlarining tarixi va an’analari bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan haqiqiy qadimiy shahar qayta tiklandi. Abadiy shaharga tashrif buyuruvchilar mamlakatning turli davrlari va mintaqalari milliy taomlarini tatib ko‘rishlari va haqiqiy ko‘cha tomoshalarini ko‘rishlari mumkin..

Qayiqlar ijarasi
Qayiqlar ijarasi

Majmua mehmonlari go‘zal Eshkak kanali va Abadiy shahar kanali bo‘ylab daryo sayohatlari uchun qayiqlarni ijaraga olishlari mumkin.

 Kurortning bog'lari va parklar
Kurortning bog'lari va parklar

Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasi hududida, Oʻrta Osiyodagi eng yirik Samarqand dendroparki joylashgan. U 120 gektardan ortiq maydonni egallaydi. Taqqoslash uchun: Toshkentdagi botanika bog‘i hududi 65 gektarni, mashhur Sochi dendrariysining maydoni esa 46,4 gektarni tashkil etadi.

Gastronomiya
Gastronomiya

Majmua hududida o‘zbek va xalqaro taomlarni tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan turli xil restoranlar mavjud.

SPA&Wellness
SPA&Wellness

“Silk Road Samarkand” hududida ikkita SPA-markaz mavjud bo‘lib, ularda mehmonlarga zamonaviy Yevropa kosmetik brendlari Valmont va Thalgo asosida yuz va tanani sog‘lomlashtirish muolajalari taklif etiladi.

More hotels