14.12.2022
Bugun, 14-dekabr kuni Silk Road by Minyoun mehmonxonasida ASIA CONNECT mintaqaviy havo yo'llari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha konferentsiya bo'lib o'tdi.
Tadbirda Markaziy Osiyoda yangi yo'nalishlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi, jumladan, 2023 yil boshida Samarqanddan Turkiya, BAA, Isroil va boshqa mamlakatlarga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydigan yangi Air Samarkand aviakompaniyasi tashkil etilishi e'lon qilindi.
Konferentsiyada turizmni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi, ushbu mavzu bo'yicha Silk Road Samarkand kompaniyasining ikki mutaxassisi: Klasterli savdo va marketing bo'yicha direktor, Artem Sosnin va Wellness Park Hotels klasterli bosh menejeri Tomas Noll so'zga chiqdilar.