EN

Britaniya Times tavsiya qiladi

Home Resort Events and news

Britaniya The Times nashri sayohatchilarga Samarqand turizm markaziga borishni tavsiya qiladi

30.01.2023

Britaniya The Times nashri sayohatchilarga Silk Road Samarqand - Samarqand turizm markazini o'zining "2023 yilda tomosha qilish uchun eng yaxshi uzoq magistralli yo'nalishlar" sharhiga kiritdi.

"Samarqandning oltin kunlari Buyuk Ipak yo'li davriga, Chingizxon o'zining buyuk imperiyasini bunyod etayotgan paytga to'g'ri kelgan. Ammo 21 asrning boshi ham ana shunday gullab yashnash va farovonlikdan darak bermoqda", - deyiladi The Times maqolasida.

Nashrda hozirgi O'zbekiston bo'ylab tezyurar poezdlarda sayohat qilish, ayni paytda faqat afsonaviy Samarqandnigina emas, balki sayohatchilarni lol qoldiruvchi yana ikkita qadimiy shahar - Buxoro va Xivani ko'rish imkoniyati borligi ta'kidlanadi.
The Times maqolasida qayd etilishicha, mamlakatning eng jozibali nuqtasi Samarqand, uning "zangori gumbazlari va qimmatbaho toshlar qadalgan maqbaralari" bo'lib qolmoqda.

Endi qadimiy shahar imkoniyatlari "Silk Road Samarqand yangi mahobatli kompleks bilan tutashgan. Shaharning markaziga yaqin joylashgan Samarqand turizm markazi a'lo darajali mehmonxonalar va gastronomiyani taklif qilmoqda", deb ta'kidlanadi Britaniya nashrining sharhida.

1 / 4
Silk Road Samarkand
Silk Road Samarkand
Silk Road Samarkand
Silk Road Samarkand